Prezident Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi qurilish loyihalarini borib ko‘rdi. Ko‘chada milliy ruhdagi zamonaviy uylar, mehmonxona, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari quriladi. Favvoralar, yo‘lakchalar, sayilgoh bo‘ladi. Davlat rahbari ko‘chada ekologiya, sifat va madaniyat uyg‘unlashishi kerakligini ta’kidladi.
Toshkent shahrida 14-aprel kuni biatlon chempionati doirasida marafon o‘tkazilishi munosabati bilan Yangi O‘zbekiston ko‘chasining katta qismida transportlar harakati soat 6:00 dan 14:00 gacha to‘liq cheklanadi.
Yangi Toshkent direksiyasi rahbari Davronjon Adilov Gold Step Invest kompaniyasi bilan poytaxt va Yangi Toshkent o‘rtasida transport kesishmasini tashkil etish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzdi. Kompaniyaning hammuassisi uning qarindoshi bo‘lishi mumkin. Loyiha qiymati 350 mlrd so‘mga baholanmoqda.
Prezident Toshkent shahridagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 avtomobil yo‘li chorrahasida bunyod etiladigan yo‘l o‘tkazgich loyihasi bilan tanishdi. Loyihaga ko‘ra, 1 ta ko‘prik, 3 ta tunnel, 4 tadan aylanma va qo‘shimcha yo‘llar quriladi.
31-avgust va 1-sentabr kunlari kechki soatlarda Toshkentdagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi transport harakati uchun yopiladi.
«Yangi O’zbekiston ko’chasi» ishbilarmonlik markazi qurilishi uchun 241,93 ga hudud, shu jumladan, 198,12 ga sug‘oriladigan yerlar aholi punktlari yerlari toifasiga o‘tkaziladi. Yangi O‘zbekiston bog‘i oldidagi ko‘cha bo‘ylab xizmat ko‘rsatish, savdo, ko‘ngilochar maskanlar va turarjoy binolari barpo etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting